Bugatti eng zo‘r mashinasining yaqindan olingan suratlari

Bu yangi modelning nomi Chiron. Internetda Bugatti Chiron superkarining suratlari tarqaldi, holbuki taqdimoti 2016 yilning bahorida Jenevadagi avtosalonda bo‘lib o‘tishi taxmin qilinayotgan edi. Yangi modelni himoyaviy niqoblarsiz yo‘lda sinashayotganda fotograflar chaqqonlik qilgan. Bu haqda ProDriver Magazin nashriga asoslanib Carzone.uz xabar berdi.

Suratni ko‘rib Bugatti Chiron modelining Frankfurtda ko‘rsatilgan Bugatti Vision Grand Turismo konsepti bilan talay o‘xshashligi borligi anglashiladi. Orqa tirgaklari va maxsus bamperi o‘zaro monand.

Bugatti Chironning texnik ko‘rsatkichlari haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Norasmiy xabarlarga ko‘ra, 8 litrli, 16 silindrli dvigatel 1500 ot kuchiga ega. Bir yarim ming otning kuchi bor avtomobil 463 km/soat tezlikkacha chiqadi. Tezlanishi havas qilsa arzigulik – 100 km/soatga 2 soniyada erishadi. Giperkar narxi 2,2 mln evro.
Mashinani shu yilning may oyida yo‘lda sinashayotganda videoga olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing