
GM Uzbekistan alyansi O‘zbekistonning Xorazm viloyatidagi ishlab chiqarish quvvatida Chevrolet Orlando rusumli avtomobilni ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Bu haqda kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati xabar qilmoqda.
Unga ko‘ra, “General Motors kompaniyasining modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyasiga muvofiq, Chevrolet Orlando avtomobilini GM Uzbekistan AJ ishlab chiqarish quvvatlarida yig‘ish 2018 yilning birinchi choragida yakunlanadi.
Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatildi”, - deya ta’kidlanadi.
Shu bilan birga, ma’lum qilinishicha, avval qabul qilingan buyurtmalar bo‘yicha avtomobillar yetkazib beriladi.
“GM Uzbekistan AJ dilerlik korxonalari bilan birgalikda Chevrolet Orlando rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar uchun iste’molchilar oldida o‘zining majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini hamda shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda avtomobilni to‘liq yetkazib berilishini ta’minlaydi”, - deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar