18:40 / 25.01.2018
24 169

AT «Aloqabank» avtokredit berishni boshladi

AT «Aloqabank» avtokredit berishni boshladi
Fuqarolarning avtomobil sotib olish uchun kredit joriy qilish yuzasidan bildirilgan takliflarini inobatga olgan holda, AT «Aloqabank» tomonidan «GM Uzbekistan» rasmiy dilerlaridan pul ko‘chirish yo‘li bilan avtomobillarni xarid qilish uchun «Avtokredit» iste’mol krediti joriy qilindi.

Bank axborot xizmatidan xabar qilinishicha, avtokreditning asosiy shartlari quyidagicha:

— depozit garovi — avtomobil narxidan 30 foiz;

— kredit muddati — 4 yilgacha;

— kredit foizi — yillik 20 foiz.

Kreditni rasmiylashtirish uchun bank filiallariga murojaat qilish mumkin. Bank filiallari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » AT «Aloqabank» avtokredit berishni boshladi