
Avval xabar berganimizdek, AT «Aloqabank» tomonidan avtomobillarni xarid qilish uchun «Avtokredit» iste’mol krediti joriy qilingan edi. Saytimizda kreditni rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati haqida ham xabar bergan edik.
Tahririyatimizga avtokredit masalasi yuzasidan fuqarolardan savollar kelib tushmoqda. Jumladan, avtomashina summasining 30 foizi miqdorida omonat garovi borasida savollar ko‘paygani bois unga aniqlik kiritishni lozim topdik.
Biz ushbu savolga javob olish uchun AT «Aloqabank» mutasaddi xodimiga murojaat qildik.
Uning aytishicha, avtomashina summasining 30 foizi miqdorida omonat garovi naqd pul ko‘rinishida, plastik orqali yoki pul ko‘chirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Garov sifatida mulk qo‘yilishi mumkin emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar