11:00 / 28.01.2018
8 587

2017 yili O‘zbekistonda qancha yengil va yuk mashina ishlab chiqarildi?

2017 yili O‘zbekistonda qancha yengil va yuk mashina ishlab chiqarildi?
O‘tgan yili «Kobalt» hamda «Matiz» rusumidagi yengil avtomobillar ishlab chiqarish sur’ati 2016 yildagiga nisbatan 4,5 barobarga ortgan. Xuddi shunday ko‘rsatkich «Malibu» avtomobilini ishlab chiqarishda ham qayd etilgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Davlat statistika qo‘mitasi hisobotiga ko‘ra, 2017 yilda O‘zbekistonda 140 ming 306 dona yengil va yuk avtomashinasi hamda avtobus ishlab chiqarilgan.

Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 2016 yildagiga nisbatan 58,1 foizga o‘sib, 135 ming 471 donani tashkil etgan. Bunda «Jentra» rusumidagi avtomashinalar ishlab chiqarish sur’ati 2 barobar (19 ming 164 ta), «Kobalt» – 4,6 marta (18 ming 14 ta), «Matiz» – 4,4 barobar (13 ming 2 ta), «Malibu» – 4,5 marta (963 ta), «Kaptiva» – 2,1 barobarga (4 ming 540 ta) ortgan.

Xabarda, bundan tashqari, o‘tgan yili mamlakatimizda 3778 dona avtobus, 1057 dona yuk avtomobili ishlab chiqarilgani aytilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 2017 yili O‘zbekistonda qancha yengil va yuk mashina ishlab chiqarildi?