17:30 / 20.02.2018
5 822

Avtoraqamlar savdosi bo‘yicha ma’lumot beruvchi SMS-xabarlash xizmati ishga tushdi

Avtoraqamlar savdosi bo‘yicha ma’lumot beruvchi SMS-xabarlash xizmati ishga tushdi
“O‘zRTXB” AJ Play-mobile kontent-provayder bilan birgalikda mijozlarni SMS-xabarlash bo‘yicha bir qator loyihalarni joriy qildi. Bu haqda “O‘zRTXB” AJ matbuot xizmati xabar qiladi.

SMS-xabarlash xizmati orqali qiziqtirayotgan avtoraqamlarni savdoga qo‘yilishi bo‘yicha ma’lumotlarni tezkor olishlari hamda muayyan lotga obuna bo‘lib, uning holatini muntazam ravishda kuzatib borishlari mumkin. Bu esa mijozga qiziqtirayotgan avtoraqam bo‘yicha savdo vaqtini o‘tkazib yubormaslik, sotib olingan avtoraqam to‘lovini amalga oshirishning aniq vaqti va uni ro‘yxatdan o‘tkazish joyini bilib olish imkonini beradi.

Birjaning mazkur xizmatiga ulanish uchun avtoraqam.uzex.uz veb-saytida mijozning shaxsiy kabinetidagi SMS sahifasiga o‘tish va ofertani qabul qilishning o‘zi kifoya. Xizmat uchun oylik abonent to‘lovi 10 000 so‘mni tashkil etadi. O‘z navbatida SMS xabarlar xizmatga ulanish paytida ko‘rsatilgan telefon raqamiga kelib tushadi.

Birja tomonidan SMS-xabarlash bo‘yicha joriy etilgan ikkinchi xizmat turi fermer xo‘jaliklariga bepul asosda taqdim etilmoqda. Ushbu loyiha mineral o‘g‘itlarni fermer xo‘jaliklariga birja savdolari orqali sotish bo‘yicha ishlab chiqilgan tajriba loyihasi doirasida ishga tushirildi. Mineral o‘g‘itlar bo‘yicha shakllangan kotirovkalar fermerlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil aloqa raqamiga haftada ikki marta avtomatik ravishda yuboriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtoraqamlar savdosi bo‘yicha ma’lumot beruvchi SMS-xabarlash xizmati ishga tushdi