Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning ma’muriyati “Maybach S600L” rusumidagi 25 ta avtomobilni kimoshdi savdosiga qo‘ydi.
Mashinalarning barchasi zirhlangan bo‘lib, 13 tasi 2009 yili, qolganlari esa 1995 yili ishlab chiqarilgan. Kimoshdi savdosi Turkmaniston davlat tovar-xomashyo birjasining portalida bo‘lib o‘tadi.
2009 yili ishlab chiqarilgan xorij avtomobillari 75,5 ming AQSH dollariga, 1995 yilda ishlab chiqarilganlari esa undan ikki barobar arzonroqqa, ya’ni 25,1 ming AQSH dollariga baholangan.
“Turkmaniston solnomasi” nashrining qayd etishicha, sotuvga qo‘yilgan avtomobillar Turkmanistonga rasmiy tashrif bilan kelgan xorijiy mamlakatlarning rahbarlarini olib yurgan.
Turkmaniston yetakchisining o‘zi esa umuman boshqa avtomobillardan foydalanadi. Darvoqe, u ko‘pincha mashinani o‘zi haydaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi