22:22 / 22.02.2018
5 534

Qozog‘iston va O‘zbekiston qo‘shma avtomobil sanoatini yaratishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston va O‘zbekiston qo‘shma avtomobil sanoatini yaratishni rejalashtirmoqda
Bugungi kunda Qozog‘istonning GM Uzbekistan bilan hamkorligi katta istiqbollarga ega. Bu haqda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerik Utembayev Andijon viloyatiga ishchi safari chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi “Daryo.uz” “Kazinform”ga tayanib.

“Biz qo‘shma hamkorlikning ikkinchi bosqichiga chiqdik — bu avtomobil tarkibiy qismlari bazasini rivojlantirish uchun ma’lum sharoitlarni yaratish. O‘tgan yili Ravon rusumidagi mashinalarni yig‘ish bo‘yicha yaxshi poydevor qo‘yilgan edi, u bizning bozorlarimizda raqobatbardoshliligini isbotladi”, — dedi Utembayev.

“GM Uzbekistan bilan sheriklikni biz uzoq muddatli va strategik loyiha sifatida ko‘rmoqdamiz. Ayni paytda yiliga 7 mingtagacha avtomobil yig‘ish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Joriy yilda lineykani Ravon R2 va Ravon R4 modellari bilan kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.

“Biz shunchaki avtomashinalar yig‘ish masalasini muhokama qilmayapmiz, umuman, qo‘shma avtomobil sanoatini yaratishni rejalashtirmoqdamiz. Allaqachon qishloq xo‘jalik mashinalari klasterini yaratish haqida kelishuvga erishilgan… Biz Qozog‘istonning bir nechta hududlarini avtomobil tarkibiy qismlari bazasi bo‘yicha ishlash uchun ko‘rib chiqmoqdamiz”, — deya xulosa qildi Qozog‘iston elchisi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Qozog‘iston va O‘zbekiston qo‘shma avtomobil sanoatini yaratishni rejalashtirmoqda