Italdesign kompaniyasi Zerouno – Roadster superkarining ochiq versiyasi dizayni butunlay ko‘rsatilgan tasvirni e’lon qildi. Taxminlarga ko‘ra, model besh nusxada chiqariladi, ulardan har biri 2,4 mln dollar turadi. Bu kupe bilan taqqoslaganda 800 ming dollarga ko‘proq.
Italdesign Zerouno Roadster haqida qandaydir texnik ma’lumot hozircha yo‘q. Kutilishicha, rodster xuddi kupe kabi, Audi R8 va Lamborghini Huracan platformasida quriladi. Superkar shu modellardan kuch agregatini ham oladi – 5,2 litrli 610 ot kuchiga ega V10 dvigateli.
Bunday motorga ega kupe turgan joyidan soatiga yuz kilometrga 3,2 soniyada chiqishi mumkin. Model maksimal tezligi soatiga 330 kilometrni tashkil etadi.
Zerouno rodsteri premyerasi Italdesign kompaniyasining 50 yilligi nishonlanishi bir qismi sanaladi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?