2018 yilning 12 mart kunidan Mirobod tumani Vodil ko‘chasi 54-uy manzili bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXBning yangi ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasi ochiladi. Ushbu bo‘linma Mirzo Ulug‘bek tumani aholisiga xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda ShIIBB xabariga tayanib Kun nashri ma’lum qilmoqda.
Shu kundan Yakkasaroy tumani aholisiga Sergeli tumani “Sergeli-avto bozori” MChJ hududida joylashgan IIBB YHXBning 1-sonli tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu o‘z navbatida Yunusobod va Chilonzor tumanlarida joylashgan YHXB TRIBlarda navbatlarni qisqartirish hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘lim va barcha bo‘linmalarida haftaning dushanba kuni ish kuni qilib belgilandi. Faqatgina Chilonzor tumanida joylashgan 3-tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasida ta’mirlash ishlari tufayli 19 mart kunidan boshlab har dushanba ham ishlash yo‘lga qo‘yilmoqda.
Barcha bo‘lim va bo‘linmalarda qo‘shimcha ravishda jamg‘arma kassalarining darchalari ochildi. Shuningdek, transport vositalarining agregat raqamlarini solishtirish maskanida katta navbatlarni bartaraf etish maqsadida qo‘shimcha xodim va vositalar jalb etildi. Fuqarolarning haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy xaydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun qo‘shimcha xonalar tashkil etildi.
12 martdan IIBB YHXB RIB va TRIBlar ish jadvaliga 4-sonli RIB ochilishi sababli amalga kiritilayotgan o‘zgarishlar
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi