date
views 6 055

Rasman: «Chevrolet Orlando» rusumli avtomobilini ishlab chiqarish to‘xtatildi

Rasman: «Chevrolet Orlando» rusumli avtomobilini ishlab chiqarish to‘xtatildi
«Chevrolet Orlando» rusumli avtomobil sotib olish bo‘yicha kelayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, ushbu rusumdagi avtomobillarni GM Uzbekistan AJ tomonidan ishlab chiqarilishi joriy yil 16 aprelidan to‘xtatilganini ma’lum qiladi.

Avvalroq xabar qilinganidek, «Chevrolet Orlando» avtomobillarini harid qilish to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yhatdan o‘tkazish 2017 yil noyabr oyidan to‘xtatilgan edi.

"GM Uzbekistan AJ "Chevrolet Orlando" rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar bo‘yicha iste’molchilar oldida o‘zining majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini hamda shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda avtomobilni to‘liq yetkazib berilishini ta’minlaydi", - deyilgan xabarnomada.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rasman: «Chevrolet Orlando» rusumli avtomobilini ishlab chiqarish to‘xtatildi