Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Norin tumani hokimligida viloyat faollari, hokimlar, sektorlar rahbarlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Davlat rahbari o‘z ma’ruzasida balandparvoz gaplardan, quruq va’zxonliklardan tiyilgan holda bor gaplardan gapirish, ochiq yuzma-yuz muloqot qilish, muammolarni o‘rtaga tashlash, ularni birgalikda xal etish yuzasidan gapirib, viloyatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish mamlakatimizdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan bir necha barobar pastligi, ayrim tumanlarda sanoat korxonalari umuman yo‘qligini o‘rinli tanqid ostiga oldi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholiga daromad manbalari yaratish, xususan, qariyb oltish ming ish o‘rni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilganini ma’lum qildi. Prezident Namanganni rivojlantirish haqida gapirar ekan, Asakadagidan qolishmaydigan avtomobil zavodi qurish taklifini o‘rtaga tashladi. Bu haqda «Namnews.uz» portali xabar berdi.
Mamlakatimiz yetakchisi Norindaryodan samarali foydalanish maqsadida 200 dan ziyod suv havzalari tashkil etib, ularda noyob baliqlarni parvarishlab, aholiga yetkazilsa, go‘sht arzonlashiga munosib hissa bo‘lishini alohida ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Namanganda Xitoyning «Foton Motor» shirkati bilan hamkorlikda «FOTON» rusumli o‘rta hajmli Xitoy yuk avtomobillari ishlab chiqarish loyihasi boshlangani haqida xabar bergan edik. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi