16:11 / 01.06.2018
7 872

O‘zbekistonda yil oxirigacha Captiva ishlab chiqarish to‘xtatiladi

O‘zbekistonda yil oxirigacha Captiva ishlab chiqarish to‘xtatiladi
Asaka avtomobil zavodi 2018 yil oxirigacha Chevrolet Captiva avtomobilini ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Umidjon Salimov ma’lum qildi.

“Hozirda Captiva o‘rnini bosadiganlar tayyorlanmoqda. Mashina o‘z hayot siklining oxiriga yaqinlashmoqda. Yil oxirigacha uni chiqarishni to‘xtatamiz”, - dedi Salimov.

O‘zbekistonda Captiva 2007 yil oktyabr oyidan beri ishlab chiqarilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan Matiz ishlab chiqarishni to‘xtatayotgani xabar berilgandi. Ushbu sinfdagi avtomobillarga bo‘lgan ehtiyoj Spark avtomobillarini ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish orqali qoplanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda yil oxirigacha Captiva ishlab chiqarish to‘xtatiladi