07:02 / 06.06.2018
7 629

O‘zbekiston ichki bozorda yengil avtomashina narxlarini oshirmaydi

O‘zbekiston ichki bozorda yengil avtomashina narxlarini oshirmaydi
O‘zbekistonda ichki bozorda GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yengil avtomashinalarning narxlarini ko‘tarish rejalashtirilmayapti.

“O‘zavtosanoat” kompaniya rahbari Umidjon Salimovning so‘zlariga ko‘ra, GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilgan avtomashinalar narxi 8 oy davomida o‘zgarmagan.

“Biz ichki bozorda narxlarni ko‘tarish tarafdori emasmiz. Avtomashina – bu nozik mahsulot. Uning narxi ko‘tarilishi butun iqtisodiyotga keskin ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hozircha narx ko‘tarilishini rejalashtirmayapmiz”, - deb izoh berdi Salimov.

Bundan avval GM Uzbekistan eksport qilinadigan mashinalar naxrlari oshirish ko‘rib chiqilayotganligi haqida xabar berilgandi.

"O‘zavtosanoat" rahbari so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda kompaniya xorijiy bozorlar narxlarini o‘rganmoqda va bu ish bir oyga yaqin vaqtni olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan eng asosiy eksport bozorlari bu — Rossiya va Qozog‘iston hisoblanadi, ushbu davlatlarga avtomashinalar Ravon brendi ostida eksport qilinmoqda.

Bugungi kunda GM Uzbekistan tomonidan Asaka, Xorazm va Toshkentda faoliyat ko‘rsatayotgan zavodlarda Chevrolet va Ravon brendlarda 8 turdagi modellar (Spark (R2), Nexia (R3), Cobalt (R4), Lacetti (Gentra), Captiva, Malibu, Damas va Labo) ishlab chiqarilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekiston ichki bozorda yengil avtomashina narxlarini oshirmaydi