O‘zbekistonda ichki bozorda GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yengil avtomashinalarning narxlarini ko‘tarish rejalashtirilmayapti.
“O‘zavtosanoat” kompaniya rahbari Umidjon Salimovning so‘zlariga ko‘ra, GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilgan avtomashinalar narxi 8 oy davomida o‘zgarmagan.
“Biz ichki bozorda narxlarni ko‘tarish tarafdori emasmiz. Avtomashina – bu nozik mahsulot. Uning narxi ko‘tarilishi butun iqtisodiyotga keskin ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hozircha narx ko‘tarilishini rejalashtirmayapmiz”, - deb izoh berdi Salimov.
Bundan avval GM Uzbekistan eksport qilinadigan mashinalar naxrlari oshirish ko‘rib chiqilayotganligi haqida xabar berilgandi.
"O‘zavtosanoat" rahbari so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda kompaniya xorijiy bozorlar narxlarini o‘rganmoqda va bu ish bir oyga yaqin vaqtni olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan eng asosiy eksport bozorlari bu — Rossiya va Qozog‘iston hisoblanadi, ushbu davlatlarga avtomashinalar Ravon brendi ostida eksport qilinmoqda.
Bugungi kunda GM Uzbekistan tomonidan Asaka, Xorazm va Toshkentda faoliyat ko‘rsatayotgan zavodlarda Chevrolet va Ravon brendlarda 8 turdagi modellar (Spark (R2), Nexia (R3), Cobalt (R4), Lacetti (Gentra), Captiva, Malibu, Damas va Labo) ishlab chiqarilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”