14:00 / 19.06.2018
6 785

Hukumat xususiy avtomaktablarni litsenziyalash tartibini tasdiqladi

Hukumat xususiy avtomaktablarni litsenziyalash tartibini tasdiqladi
2018 yil 1 avgustgacha korporativ avtotransport haydovchilarining malakasini oshirish mutlaq huquqi «Avtotest Report» MChJ va kamida 51%i ushbu kompaniyaga tegishli tashkilotlarda saqlanadi, deb yozmoqda Norma.

O‘tgan yil sentyabrda hukumat yuridik shaxslarga tegishli avtotransportni boshqarayotgan haydovchilarning malakasini majburiy oshirish tartibini joriy etdi. Tartib 2018 yil 1 yanvardan amal qila boshlashi rejalashtirilgan edi. Malaka oshirish davriyligi 2 yilda 1 marta etib belgilandi. Korporativ avtotransport haydovchilarining malakasini oshirish bilan shug‘ullanish mutlaq huquqi «Avtotest Report» MChJ va ustav fondida kamida 51% ulushi (aksiyalari) ushbu kompaniyaga tegishli bo‘lgan tashkilotlarga berildi.

Jamoatchilik orasida faol munozaralarga sababchi bo‘lganligi bois taomilni qayta ko‘rib chiqishga qaror qilindi. Avval Adliya vazirligi xabar berganidek, litsenziya talablariga javob beruvchi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar malaka oshirish bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ldilar. Faqat tijorat tashishlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar uchun taomilning majburiy tusini saqlab qolish rejalashtirilgan edi. Biroq bu faqat loyiha bo‘lib, hujjatning yakuniy versiyasida bu masala boshqacha hal etildi.

Vazirlar Mahkamasi 23.02.2018 yildagi qarori bilan uchta asosiy jihatga o‘zgartirish kiritdi:

1) malaka oshirish majburiy bo‘lgan sana. U qaror e’lon qilingan kun, ya’ni 26 fevralga ko‘chirildi;

2) malaka oshirishi majburiy bo‘lgan shaxslar (haydovchilar) doirasi. Ularga quyidagilar kiritildi:

• yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida avtotransport vositalarini boshqarayotgan jismoniy shaxslar bundan mustasno;;
• avtotransport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslar.

3) haydovchilarning malakasini oshirish huquqi berilgan sub’ektlar ro‘yxati. 2018 yil 1 iyundan davlat ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar ushbu faoliyat bilan shug‘ullana olishi nazarda tutilgan edi.

Hukumat xususiy avtomaktablarni litsenziyalash va tegishli o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish tartibini tasdiqladi. Biroq haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan har qanday davlat va nodavlat ta’lim muassasalari (litsenziya mavjud bo‘lganda) shug‘ullana oladigan sana 2018 yil 1 avgustga ko‘chirildi.

Belgilangan sanagacha korporativ avtotransport haydovchilarining malakasini oshirish bilan shug‘ullanish mutlaq huquqi «Avtotest Report» MChJ va ustav fondida kamida 51% ulushi (aksiyalari) ushbu kompaniyaga tegishli bo‘lgan tashkilotlarda saqlanadi.

Qolgan barcha shartlar (malaka oshirish majburiy bo‘lgan sana (26.02.2018 y.); uning davriyligi (2 yilda 1 marta); u majburiy bo‘lgan shaxslar doirasi o‘zgartirishsiz qoldirildi.

Hujjat 6.06.2018 yildan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Hukumat xususiy avtomaktablarni litsenziyalash tartibini tasdiqladi