14:20 / 11.07.2018
5 504

4 ming dollar evaziga Epica xarid qilmoqchi bo‘lib "chuv tushgan" toshkentlik talaba

4 минг доллар эвазига Epica харид қилмоқчи бўлиб "чув тушган" тошкентлик талаба
Joriy yil 21 may kuni Chilonzor tumanida yashovchi Toshkent davlat pedagogika universitetining talabasi Z.S. internet tarmog‘i orqali Ukrainada yashovchi noma’lum shaxs bilan tanishadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Talaba Chevrolet Epica rusumli avtomobil xarid qilish uchun Yakkasaroy tumanida joylashgan bank orqali o‘zining nomiga Irlandiyaga Money Gram tizimidan 4000 dollar miqdoridagi pul yuboradi. Pul o‘tkazmasi kvitansiyasining nusxasini esa internet tarmog‘i orqali noma’lum shaxsga jo‘natadi.

Shundan so‘ng mazkur shaxs mashinani taqdim etmay, aloqaga chiqishni to‘xtatadi. 22 may kuni esa Z.S. O‘zbekiston hududidan chiqmagan bo‘lsada, yuborgan pullarining hammasi Irlandiya hududida yechib olinganligi ma’lum bo‘ladi.

Ushbu jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 4 ming dollar evaziga Epica xarid qilmoqchi bo‘lib "chuv tushgan" toshkentlik talaba