“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida fuqarolarning avtotransport vositalarini saqlash bo‘yicha mas’uliyatini oshirish haqida petitsiya paydo bo‘ldi, deb yozadi Kun nashri.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining avtotransport vositalarini saqlash va egalik qilish huquqi bo‘yicha mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish kerak, deyiladi matnda.
Normativ-huquqiy hujjatda jismoniy va yuridik shaxslar avtomobilga egalik huquqini olishdan oldin quyidagi hujjatlarni taqdim etishi belgilanishi taklif qilinadi:
- ro‘yxatdan o‘tgan manzilda avtomobilni saqlashga imkoniyati borligi (garaj, avtoturargohdagi aniq joyi) haqida ma’lumotnoma;
- agar yaqinlarining yashash manzilida bo‘lsa, ularning yozma roziligi.
Yuridik shaxslar avtomobillarini saqlashga o‘zi ro‘yxatga olingan manzilda imkoniyati bo‘lmasa, u holda ta’sischilari, ishchi xodimlari yoki xaridorlari bilan shartnomasiz notarial ruxsat bo‘lsa, ularga egalik huquqi beriladi.
Qayd etilishicha, bu orqali jismoniy va yuridik shaxslar avtomobillarini belgilanmagan hududda qoldirishni taqiqlash lozim. Ijara shartnomasi yoki ishonchnoma asosida avtomobilni foydalanishga olgan shaxslar doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzili avtomobil egalari bilan 1 km radiusda bo‘lsa, avtomobildan foydalanishga ruxsat beriladi, aks holda foydalanuvchi avtomobil saqlashga imkoniyati yoki sharoiti borligi to‘g‘risida hujjati bo‘lishi kerak.
Maxsus (katta yuk, kran, quruvchi va shu turdagi hajmi katta) avtomobillarni turlariga qarab saqlovchi va foydalanishga topshiruvchi yuridik shaxslar yuqorida bayon etilgan talablarni bajaradi, faqat bitta shart ular uchun istisno deb inobatga olinsin, ya’ni, ro‘yxatga olingan manzil bo‘yicha 1,5 km radiusdan oshiqroq masofaga ruxsat; - lekin oraliq masofa ikki tuman chegarasidan oshmasligi kerak, deyiladi murojaatda.
“Agarda yuqorida keltirilgan hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslar taqdim eta olmasa avtomobil saqlashga va foydalanishga imkoniyati yo‘q deb topiladi va ruxsat berilmaydi.
Mazkur taklif amalga oshirilsa:
- shahar va viloyatlarda yuzaga kelayotgan tirbandliklarni kamaytirish;
-ko‘chalarda avtotransportni nazoratsiz qoldirilishini oldini olish;
- fuqarolarning avtotransport vositalarini saqlash va egalik huquqi bo‘yicha javobgarligini oshirish;
- ko‘chalarda avtotransport vositalariga zarar yetkazilishi kabi qoidabuzarliklarning oldini olish;
- aholining salomatlik darajasini oshirish;
- aholining avtotransportini saqlash bo‘yicha layoqatini oshirishga erishiladi”, - deya yakunlanadi murojaat matni.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi