Xalqaro Press klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda "O‘zavtosanoat" vakillari ishtirok etyapti, deb yozadi Kun.uz nashri.
“O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqovning ma’lum qilishicha, asosiy muammolar Asaka shahridagi avtomobil zavodi bilan bog‘liq bo‘lgan.
“Haqiqatdan ham muammolar ko‘p. Ularning yechimini topish uchun vaqt kerak. Monopolizatsiya so‘zidan qochish lozim. GM Uzbekistan tomonidan O‘zbekiston bozori uchun ishlab chiqarilayotgan avtomobillar narxi oshishi faqat monopoliya bilan bog‘liq emas. Bu yerda ko‘p jihatlar bor. Biz narxlar nega oshirilayotgani sababini xalqqa yetkazishimiz kerak.
Asaka zavodi bizning tovar aylanmasining qariyb 90 foizini tashkil qiladi. Bu zavod yiliga 290 mingta mashina ishlab chiqarishi mumkin, lekin men kelganimda bu 160-170 mingtani tashkil qilgan. Quvvati deyarli 50 foizga ishlagan zavod ishlab chiqarayotgan mahsulotning tannarxi yuqori bo‘ladi, o‘zini oqlamaydi. Bu fuqarolar, xaridorlarning cho‘ntagiga uradi. Chet davlatlarga eksport qilish salohiyatini umuman yo‘qqa chiqaradi. Bugungi kunda eksport qilishimiz uchun avtomobillar tannarxini 30 foizga tushirishimiz kerak. Bunga ko‘p sabablar bor. Asosiy eksport qilinadigan davlat - Rossiya. Rossiyada sanksiyalar kiritmagan barcha davlatlarning brendlari bor. Ular o‘z bozorini saqlash uchun ham turli to‘siqlar qo‘yishyapti.
Biz nima qildik? Mashinalar butlovchi qismlari narxini 20 foizgacha tushirish haqida kelishib oldik. Buni bosqichma-bosqich qilamiz. Sababi bularga birdaniga 30 foizga tushirgin, deb bo‘lmaydi. Ular kreditda o‘tirgan tashkilotlardir, bu ularni batamom o‘ldiradi va avtomashinalar chiqmay qolib, bundan ham yomon taqchillik yuzaga keladi. Buni to‘g‘ri tushunish kerak. Bu holat butlovchi qismga tushadi, butlovchi qism zavodga boradi, oxiri bunga xaridor to‘laydi. Bu ham qimmatlashishiga sabablardan biri.
Shuning uchun biz yilning oxirigacha butlovchi qismlar narxini 20 foizgacha tushiramiz. Bu avtomashinaning ishlab chiqarish narxini to‘qqiz foizga tushishiga olib keladi. Bundan tashqari, avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 220 mingtaga, ya’ni yilning oxirigacha qo‘shimcha 140 mingta mashina ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz.
Men va’da beraman: birontasi oldimizga qo‘yilgan bu maqsadga to‘sqinlik qilib, xalaqit bermaydi. Ya’ni, bizga ehtiyot qismlarni o‘z vaqtida yetkazib beradi, biz mashinalarni o‘z vaqtida ishlab chiqarib xalqqa yetkazamiz. Sun’iy taqchillik yo‘q bo‘lganidan so‘ng, avtomashinalarga bo‘lgan ehtiyojni qondira olamiz. Tannarxini ham shu uslub bilan tushirishga harakat qilamiz”, - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1 avgustdan O‘zbekistonda mashinalar narxi oshishi xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?