06:00 / 08.08.2018
7 134

«Tonirovka»ga odamlarning munosabati qanday? (video)

«Tonirovka»ga odamlarning munosabati qanday? (video)
2018 yil 1 avgustdan qoraytirilgan oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanishga ruxsat berildi. Bu so‘nggi vaqtlarda fuqarolar orasida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzuga aylanib qoldi.

Kun.uz tahririyati jamoatchilikning bu boradagi fikri bilan qiziqib ko‘rdi. Aytish mumkinki, turli soha vakillari ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovlar deyarli bir xil xulosaga olib kelmoqda.

Malumot o‘rnida, avtomobil oynalarini qoraytirish Davlat yo‘l harakati xavfsizligi tuzilmalari tomonidan 1 yilga berilgan ruxsatnoma asosida, tasdiqlangan davlat standartiga muvofiq IIV qoshidagi «Innovatsion loyihalar va aholiga servis xizmat ko‘rsatish markazi» DUK tomonidan amalga oshiriladi. Avtomobil old oynasining tepa qismi tusini eni 14 sm.dan ko‘p bo‘lmagan va yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 30 foizdan kam bo‘lmagan polosa shaklida o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 4-bandida yengil avtotransport vositalari oynalarini qoraytirish bo‘yicha davlat standartlari ishlab chiqilishi belgilangan bo‘lib, buning uchun IIV va «O‘zstandart» agentligiga bir oy muddat berilgan. Demak, masalaning huquqiy mexanizmlari to‘liq ishlab chiqilmagunga qadar yengil avtotransport vositalarining oynalarini qoraytirish noqonuniy hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «Tonirovka»ga odamlarning munosabati qanday? (video)