
Xitoy janubidagi Guanchjou shahrida BMW X1 xaridori bo‘lgan ayol mashinani sinov haydashi vaqtida boshqaruvni eplay olmay krossoverda dilerlik markazining namoyish xonasiga kirib ketdi. Avtomobil oynavand devorni sindirdi va devorga urildi. Hodisa vaqtida hech kim jabrlanmagan. Bu haqda “Hordiq” nashri xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol pedallarni adashtirib yuborgan va tormoz o‘rniga gazni keskin bosgan. U o‘z aybini tan olgan va yetkazilgan moddiy zararni to‘lashga rozi bo‘lgan. Zarar summasi esa sug‘urta kompaniyasi tomonidan hisoblab chiqilishi kerak.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar