14:12 / 19.08.2018
7 297

Avtokredit berishda o‘qituvchilarning ish staji va yutuqlariga qaraladi

Avtokredit berishda o‘qituvchilarning ish staji va yutuqlariga qaraladi
O‘qituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqei va nufuzini oshirishga qaratilgan prezident, shuningdek Yagona maktab formasi bilan ta’minlashga oid Hukumat qarorlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Akbar Tog‘ayev ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan savollariga javob berdi.
  • A.Tog‘ayevning ta’kidlashicha, uy-joy krediti bo‘yicha maxsus tartib ishlab chiqilib tasdiqlanadi, unda uy-joylar qaysi mezonlar bo‘yicha taqsimlanishi kabi masalalar qamrab olinadi;
  • avtokredit barcha o‘qituvchilarga berilmaydi, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan avtokredit ajratish tavsiya qilinadigan pedagog xodimlari bo‘yicha ro‘yxat shakllantiriladi, bunda ish staji, yutuqlari va boshqa shu kabi mezonlarga e’tibor qaratiladi;
  • agar bu yilga maktab formasi olib qo‘yilgan bo‘lsa, yangi forma olish shart emas, o‘sha formani kiyib maktabga kelishga ruxsat beriladi;
  • monopoliyaga yo‘l qo‘yilmaydi, ya’ni maktab formasini kimdan olishni umuman ahamiyati yo‘q, belgilangan standartga mos kelsa bo‘ldi (maktab formani o‘zlari tiktirsa ham bo‘ladi);
  • maktab formasi bo‘yicha takliflar uchun bemalol murojaat qilish mumkin, ya’ni maktab formasi shu shaklda qolib ketmaydi, uch yilgacha fikr mulohazalar o‘rganilib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.



arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtokredit berishda o‘qituvchilarning ish staji va yutuqlariga qaraladi