08:31 / 28.08.2018
6 019

Mercedes va Audi yangi elektrokarlarini taqdim qildi (foto, video)

Mercedes va Audi yangi elektrokarlarini taqdim qildi (foto, video)
AQSHning Pebbl-Bich shahrida (Kaliforniya shtati) oʻtayotgan Monterey Car Week avtosaloni doirasida Mercedes-Benz va Audi kompaniyalari oʻzlarining yangi elektr konseptlarini namoyish qildi.

Mercedes kompaniyasi Vision EQ Silver Arrow elektrokarini taqdim qildi. Mashinaning dizayni 1937 yildagi W125 sportkari uslubida bajarilgan. Ushbu mashina Silver Arrow oilasiga kirgan. Elektrokarning oldi gʻildiraklari oʻlchami 24 dyuymni, orqa gʻildiraklariniki esa 25 dyuymni tashkil qiladi. Mashinaning kuch qurilmasi 747 ot kuchiga teng. Elektrokar bir quvvatlanishda 400 km yoʻl bosa oladi.

twitter.com\ForceGT
Audi esa PB18 E-tron elektrokarini taqdim qilgan. Mashina 100 km/soat tezlikka 2 soniyada erisha oladi.

Prototipni yaratish bilan nemis brendining ikki boʻlimi – Audi Design Loft (Malibu, Kaliforniya) va Audi Sport (Nekkarzulme, Germaniya) shugʻullangan.

Avtomobilning tashqi koʻrinishi yangi Audi Aicon uslubida bajarilgan. U tajovuzkor koʻrinishdagi radiator panjarasi, lazerli old optika, katta oʻlchamli havo toʻplagichlar va splitterni oʻz ichiga oladi.

Audi PB18 umumiy quvvati 680 ot kuchini tashkil qiluvchi 3 ta elektromotor bilan jihozlangan. Mashina bir quvvatlanishda 500 kmga yaqin yoʻl bosa oladi. Mashinaning akkumulyatorlari 15 daqiqada quvvatlanishi mumkin.

PB18 salonida raqamli asboblar paneli, shaffof OLED-ekran va sport oʻrindiqlari oʻrnatilgan. Sportkarning yana bir jihatlaridan biri suriluvchi kokpiti hisoblanib, u prototipni umumiy yoʻllar uchun moʻljallangan mashinaga aylantira oladi.

Mercedes-Benz, shuningdek, toʻliq elektrlashtirilgan ilk krossoveri EQCʻning taqdimoti sanasini maʼlum qilgan. Taqdimot 4 sentyabrda boʻlib oʻtadi. EQC 70 kVt-soat elektr energiya toʻplay oladigan akkumulyator batareyasi, ikkita elektromotor bilan jihozlangan. Mashina bir quvvatlanishda 500 kmgacha yoʻl bosa oladi.

Mashina konstruksiyasida yuqori mustahkamlikdagi poʻlat va alyuminiy koʻllanadi. Taʼkidlanishicha, u Audi E-tron, Jaguar I-Pace va Tesla Model X mashinalariga raqobatchi boʻladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Mercedes va Audi yangi elektrokarlarini taqdim qildi (foto, video)