11:28 / 05.09.2018
6 215

BMW kompaniyasi hali ishlab chiqarilmagan mashinasiga buyurtma olishni boshladi (foto)

BMW kompaniyasi hali ishlab chiqarilmagan mashinasiga buyurtma olishni boshladi (foto)
BMW kompaniyasi ishlab chiqarilishi 2020 yilda boshlanadigan iX3 elektr krossoveriga buyurtmalar qabul qilishni boshladi. Birinchi boʻlib bu imkoniyatni norvegiyaliklar qoʻlga kiritishdi: ular 15 ming kron evaziga navbatga yozilishlari mumkin.

Foto: motor.ru
BMW iX3 elektr krossoveri bahorda Pekinda namoyish etilgan prototipga asoslanadi. Konsept-kar oddiy X3ʻning modernizatsiyalashgan platformasi asosida quriladi hamda elektromotor, uzatmalar qutisi va elektron jihozlarni oʻzida birlashtirgan eDrive bilan jihozlanadi.

Foto: motor.ru
BMW iX3 elektr krossoverining motori 272 ot kuchiga ega, batareyalar bloki hajmi 70 kilovatt-soatdan ortiq. iX3 bir marta quvvatlanib 400 kilometrgacha yoʻl bosishi mumkin. Akkumulyatorlar 150 kilovattli stansiyalarda quvvatlantiriladi va 30 daqiqa ichida toʻliq quvvat oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » BMW kompaniyasi hali ishlab chiqarilmagan mashinasiga buyurtma olishni boshladi (foto)