date

Toshkentda yo‘l harakatini nazorat qiluvchi kameralarni o‘rnatish boshlandi

Toshkentda yo‘l harakatini nazorat qiluvchi kameralarni o‘rnatish boshlandi

Toshkent shahrida avtomobil harakatini nazorat qiluvchi kameralar o‘rnatilish ishlari boshlandi. Buning tasdig‘i sifatida ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan kamera o‘rnatish jarayoni suratlari keltirilmoqda, deya xabar bermoqda Daryo.uz.

Avval xabar berganimizdek, Toshkentning 160 chorrahasiga kuzatuv kameralari o‘rnatiladi. Kameralar yo‘l harakatini nazorat qilishi, qoidabuzarliklarni oldini olishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

Shaharda nazorat kameralari o‘rnatilishi boshlanishiga ijtimoiy tarmoqlar a’zolari turli fiklar bildirgan. Ba’zilar kameralar nima uchun kerakligi haqida so‘ragan va ularning foyda keltirishiga shubha bilan qaragan bo‘lsa, boshqalar kameralar avtomobil harakatini tartibga solishiga, ko‘chalarda qoidabuzarliklarni oldini olishi va yo‘l-transport hodisalarini kamaytirishiga umid qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Toshkentda yo‘l harakatini nazorat qiluvchi kameralarni o‘rnatish boshlandi

Ko'p o'qilgan Avto yangiliklari