10:24 / 16.10.2018
6 352

Audi o‘ziga ikkita yangi logotip o‘ylab topdi (foto)

Audi o‘ziga ikkita yangi logotip o‘ylab topdi (foto)
Audi avtomobilsozlik kompaniyasi AQSh va Germaniya patent idoralarida o‘z logotipining yangi ko‘rinishini qayd qildi. Yangi logotiplarga ko‘ra, Auto Union AG konserni vaqtidan beri mavjud bo‘lgan mashhur 4 ta halqa bir yaxlit elementga birlashtiriladi yoki faqat o‘rta halqalar bir-birini kesib o‘tuvchi ko‘rinishda qoldiriladi.

Quattroworld nashrining fikricha, yangi logotiplar kompaniya mahsulotlari qatori kengayishi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Yaqin kelajakda kompaniyaning yangi emblemalari ishlatiladigan avtonom va internetga ulanadigan modellari paydo bo‘lishi mumkin. Misol uchun, markazdagi halqalar kesishgan holda qoluvchi logotip V2V protokoli bo‘yicha bog‘langan avtomobillarni ifodalashi mumkin.

Audi’ning hozirgi logotipiga o‘xshash logotipi 1932 yilda paydo bo‘lgan. O‘shanda 4 ta kompaniya: Audi, Horch, DKW va Wanderer kompaniyalari bitta Auto Union kompaniyasiga birlashgan. Dastlab yuqoridagi markalar logotiplari halqalar ichida joylashtirilgan, biroq vaqt o‘tishi bilan ular Auto Union yozuvi bilan almashtirilgan.

Audi logotipi oxirgi marta 2009 yilda o‘zgartirilgan: o‘shanda “Audi” yozuvi shrifti o‘zgargan, an’anaviy halqalar hajmliroq qilib ishlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Audi o‘ziga ikkita yangi logotip o‘ylab topdi (foto)