20:53 / 29.10.2018
5 146

"GM Uzbekistan" Rossiyaga avtomobil yetkazib berishni qayta yo‘lga qo‘ydi

"GM Uzbekistan" Rossiyaga avtomobil yetkazib berishni qayta yo‘lga qo‘ydi
"GM Uzbekistan" kompaniyasi uzoq tanaffusdan so‘ng Rosssiyaga avtomobil yetkazib berishni qayta yo‘lga qo‘ydi. "Ravon" rusumidagi ilk avtomobillar Ufa shahridagi avtosalonlariga yetkazilgan", – deya xabar bermoqda "Turon24" axborot agentligi.

"Narxlar hali belgilanmagan, shuning uchun hozircha ularni sotib olishning iloji yo‘q», – deya izoh berdi Ufadagi avtosalon menejeri.

Menejerning taxminlariga qaraganda, R3 va R4 sedanlarining yangi narxlari 1 mln rubl (15-16 ming AQSh dollari – tahririyat izohi) atrofida bo‘ladi. Bu esa ularning narxi ikki baravar oshganini anglatadi. Shu tariqa "Ravon" kam xarajatli avtomobillar toifasidan chiqib ketadi.

Taxminlarga qaraganda, yangi narxlar mashinalarga bo‘lgan talabni kamaytirib yuborishi, dilerlarning katta qismi o‘zbek kompaniyasi bilan ishlash fikridan qaytishi mumkin.

"GM Uzbekistan" bahorning oxirida Rossiyaga avtomobil yetkazib berishni to‘xtatgan, bunga asosiy sabab sifatida narx siyosatini qayta ko‘rib chiqishi kerakligini ko‘rsatgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » "GM Uzbekistan" Rossiyaga avtomobil yetkazib berishni qayta yo‘lga qo‘ydi