Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuhammedov tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid statistik ma’lumot taqdim etildi.
Majlisda qatnashgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari o‘z hisobotida yil avvalining eng shov-shuvli qarorlaridan biri bo‘lgan — avtomobil oynalarini ma’lum summa evaziga qoraytirish huquqi, shuningdek, onlayn auksionda sotilgan chiroyli va «chiroysiz» raqamlar ortidan kelgan tushumlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra 2018 yilning 1 sentyabridan boshlab avtomobillar oynasini qoraytirish (tonirovka) xizmatlarini taqdim etish orqali davlat byudjetiga 6,9 mlrd so‘m kelib tushgan va tushumning 10 foizi ichki ishlar organlari xodimlarini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan.
Davron Nazarmuhammedov o‘z nutqida onlayn auksionlarda 18.718 ta davlat avtotransport raqami 95,466 mlrd so‘mga sotilganini ham aytib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi