«Malibu» va «Lacetti» uchun chegirmalar muddati uzaytirildi

«Malibu» va «Lacetti» uchun chegirmalar muddati uzaytirildi
Foto:«GM Uzbekistan»
«GM Uzbekistan» axborot xizmati ma’lum qilishicha, «Chevrolet Malibu» va «Lacetti» avtomobillari uchun chegirmalarni uzaytiradi. Xaridorlarga avtomobil xaridini rasmiylashtirish jarayonida qulayliklar yaratish maqsadida chegirmalar yetti kun — 15 dan 22 dekabrgacha amal qiladi.

Chegirmalar muddatining uzayishi «ko‘p sonli talab va istaklarga ko‘ra» bo‘lgani ta’kidlangan.

Ushbu kunlar davomida «Chevrolet Malibu» avtomobili uchun 100 foiz to‘lov amalga oshirgan xaridor 9 061 866 million so‘mgacha, «Lacetti» uchun 3 858 136 so‘mgacha chegirmaga ega bo‘ladi.

«Malibu» avtomobillarini xarid qilish uchun shartnomalar tuzish 2018 yilning 31 dekabriga qadar davom etadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar