4 660
Haydovchining mast holda ekanini aniqlash uchun tekshiruvga nimalar asos bo‘lishi belgilandi
Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2018 yil 14 dekabr kuni Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik telegram-kanali xabar bermoqda.
Nizomga muvofiq, haydovchilarning alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlash ichki ishlar organining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Haydovchilarning mast holatda ekanligini aniqlash bo‘yicha tekshiruv alkotester (havoga chiqarilgan etanol bug‘larini aniqlovchi va tekshiruv natijalarini qog‘ozda aks ettiruvchi maxsus texnik vosita) yordamida amalga oshiriladi.
Quyidagilar haydovchilarning alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda ekanligini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazishga asos bo‘ladi:
- haydovchining og‘iz bo‘shlig‘idan alkogol hidi kelishi;
- haydovchi bir holatda to‘g‘ri tura olmasligi (chayqalib turishi);
- haydovchi nutqining buzilganligi;
- haydovchi qo‘l barmoqlarining qaltirashi;
- haydovchi yuz terisi rangining sezilarli o‘zgarganligi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi