O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan (1015-son, 14.12.2018 y) Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot“ kanali xabar bermoqda.
Mazkur Nizomga ko‘ra yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish shartnomasi 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga yozma tarzda tuziladi.
Qisqa muddatli ijara shartnomasini notarial rasmiylashtirish hamda DYHXX organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.
Qisqa muddatli ijara shartnomasida taraflar, ya’ni ijaraga beruvchi yuridik shaxs, ijaraga oluvchi (ijarachi) esa jismoniy shaxs bo‘ladi.
Shartnoma tuzish uchun ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- pasport;
- haydovchilik guvohnomasi;
- tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik haqida ma’lumotnoma;
- garov depoziti kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Qisqa muddatli ijara shartnomasining muddati tugagandan so‘ng transport vositasi ijaraga beruvchi tomonidan topshirish va qabul qilish dalolatnoma asosida qabul qilib olinadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi