O‘zbekiston avtomobillar eksportini asta-sekin qayta tiklamoqda. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak beryapti.
Yanvar oyida mamlakat 200 ming dollarlik avtomobillar eksport qildi. Bu o‘tgan yil yanvar oyiga nisbatan 98 foizga kam bo‘lsa-da, biroq bu vaqtga qadar eksport to‘xtatib qo‘yilgandi, sababi u samarasiz bo‘lgan.
O‘zbekiston yangi narxlarda tashqi bozorlarga avtomobil eksportini davom ettirishi haqida xabarlar 2018 yil dekabr oyi oxirida paydo bo‘lgandi.
«O‘zavtosanoat» xorijiy bozorlar kon’yunkturasini o‘rganish uchun avtomobillar partiyasini jo‘natdi. Biz uchun ehtimoliy mijozlar narx omiliga qanday reaksiya bildirishi juda muhim», - deya xabar bergandi «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisining rivojlanish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari Umidjon Salimov.
Ravon qatorasiga sakkiz oy ichida Rossiyada avtomobillar sotmayapti. Bundan Yevropa biznesi uyushmasining ma’lumotlari darak bermoqda.
2019 yilning yanvarida kompaniya bitta ham avtomobil sotmadi, chunki ular hali ham sotuvda yo‘q.
Kompaniyaning bozordagi ulushi 0%ga tushib ketdi, 2018 yil yakunlari bo‘yicha esa bu ko‘rsatkich - 0,3%, 2017 yilda - 0,9%ni tashkil etdi.
Pasayish Ravon so‘nggi marta Rossiyada avtomobillarni 2018 yil may oyida sotgani bilan izohlanadi. O‘shanda ular Rossiyadagi ko‘pgina dilerlik markazlaridan yo‘qolib qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar