00:06 / 13.03.2019
10 790

GM Uzbekistan mart oyidan yangi opsiyali avtomobillar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi

GM Uzbekistan mart oyidan yangi opsiyali avtomobillar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi
GM Uzbekistan xaridorlarga qulaylik yaratish va mijozlarning ishonchini oshirish maqsadida zamonaviy xizmatlar joriy etish ustida doimo faoliyat olib boradi. Shunday qilib kompaniya xaridorlarga qoʻshimcha qurilma va opsiyalar tanlash imkoni boʻlgan yangi Plus paketini taqdim etadi.

GM Uzbekistan kompaniyasi 2019 yilning mart oyidan yangi opsiyali avtomobillarni ishlab chiqarishni sinov tariqasida yoʻlga qoʻydi. Xaridorlar yangi opsiyali avtomobillar uchun joriy yilning 15 mart kunidan eʼtiboran rasmiy dilerlar orqali shartnoma tuzishlari mumkin boʻladi. Mart oyida shartnoma tuzgan xaridorlarning yangi opsiyali ilk avtomobillari 2019 yilning iyun oyida yetkazib beriladi.

Yangi avtomobil opsiyalari modifikatsiyasiga qarab quyidagi opsiyalarni oʻz ichiga oladi:
- Oʻrindiq va old oynalarni isitish;
- Rulning charm qoplamasi;
- Qoʻshimcha shovqin izolyatsiyasi;
- Radiatorning xrom bilan qoplangan panjarasi;
- Masofada boshqariladigan orqa koʻrinish oynasi;
- Elektron turgʻunlik tizimi;
- Shina bosimi monitoringi tizimi va boshqalar.

Dastlabki bosqichda qoʻshimcha opsiyalar bilan Spark, Nexia va Lacetti avtomobillari jihozlanadi, keyinchalik esa ushbu roʻyxat Cobalt modeli bilan toʻldiriladi.

2019 yilda yangilangan qoʻshimcha opsiyalar roʻyxati hamda ular bilan jihozlanadigan avtomobillar soni ortib boradi.
Batafsil maʼlumotlarni kompaniyaning rasmiy sayti va dilerlaridan olish mumkin boʻladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan mart oyidan yangi opsiyali avtomobillar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi