Samarqandda ISUZU kompaniyasining D-MAX yoʻltanlamas pikap avtomobilini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi mumkin. Bu haqida SmaAvto zavodining 20 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda xabar qilindi deb yozmoqda OʻzA.
Tantanali marosimda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, zavod rahmbariyati va yaponiyalik mehmonlar ham ishtirok etishdi, deyilgan xabarda.
“Tantanali marosimdan soʻng, yaponiyalik hamkorlar Samarqand viloyati hokimligi va “Oʻzavtosanoat” kompaniyasi vakillariga “ISUZU Motors” kompaniyasining “D-MAX” avtomobilini koʻrsatib, kelgusida zavodda ushbu turdagi avtomashinalarni ham ishlab chiqarish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, SamAvto avtomobil zavodi bundan 1999ning mart oyida Turkiyaning “Koch” kompaniyasi bilan hamkorlkda ishga tuirilgan edi. Oʻsha vaqtda korxonada 2 xil avtobus va 3 xil yuk avtomobillari yirik jamlash uslubida ishlab chiqarilar edi.
Keyinchalik SamAvto Yaponiyaning “ISUZU Motors” va “Itochu corporation” kompaniyalari bilan hamkorlik oʻrnatdi. Bugungi kunda Samarqand avtomobil zavodida 7 turdagi zamonaviy avtobuslar, 36 xil yuk va maxsus avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.
Korxonada 1200 dan ortiq kishi mehnat qilmoqda. Shu paytgacha zavodda 33 ming 700 dan ortiq avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarildi. Mahsulot nafaqat Oʻzbekistonda balkim Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Ozarboyjon va Gruziyaga eksport qilinmoqda.
Maʼlumot uchun ISUZU D-MAX Rossiyada 1,7 mln rubl atrofida sotilmoqda. Avtomobil toʻrt gʻildiragi ham harakatlanuvchi (4WD), ramali haqiqiy yoʻlnalamas avtomobillar oilasidan. Quyida uning barcha xususiyatlari bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar