Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga koʻra transport egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha onlayn yagona axborot tizimi joriy etiladi.
Majburiy sugʻurta boʻyicha yangi namunadagi sugʻurta polislari amalga kiritiladi. Ilgari berilgan sugʻurta polislari amal qilish muddati tugaguncha oʻz kuchini saqlab qoladi.
Majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta puli oshirilib, 40 mln. soʻm miqdorda belgilandi. Yaʼni, yoʻl-transport hodisasi natijasida yetkazilgan zarar uchun toʻlanadigan sugʻurta tovoni shu summadan oshmaydi. Ilgari bu summa 12 mln. soʻmni tashkil qilgan.
Sugʻurta qildirish uchun ishonchnoma yoxud ushbu transportga egalik huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etish boʻyicha talab ham bekor qilindi.
Shuningdek, zarur maʼlumotlar yagona axborot tizimida mavjud boʻlganida sugʻurtalovchi hujjatlarni (pasport, transport vositasining texnik pasporti, haydovchilik guvohnomalarini) talab qilmasdan sugʻurta qilishi mumkin.
Mazkur qaror 3 oydan keyin kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar