date

“Toshshahartransxizmat” 2015 yilda 330dan ortiq mikroavtobus sotib oladi

“Toshshahartransxizmat” 2015 yilda 330dan ortiq mikroavtobus sotib oladi

Toshkent shahridagi jamoat transportiga mas’ul bo‘lgan “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi 2015 yilda qator yangi avtobus va mikroavtobuslar sotib oladi.

Bu haqda, “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Mohir Valievga asoslanib, “Poytaxt transporti” gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi kun.uz.

Valievning ma’lum qilishicha, 2015 yilda harakat tarkibini yangilash maqsadida 100ta yangi Isuzu rusumli avtobus xarid qilish rejalashtirilgan.

“Shu vaqtga qadar avtobus saroylari va SamAvto o‘rtasida imzolangan shartnomalarga asosan 80ta Isuzu xarid qilindi”, – deydi Valiev.

Bundan tashqari, avtobus saroylari qoshida yo‘nalishli taksilardan iborat ixtisoslashtirilgan avtokolonnalar tashkil etish maqsadida 336ta mikroavtobus xarid qilish rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2014 yil davomida 7ta avtobus saroyi qoshida yangi tashkil etilgan korxonalar uchun 20tadan, jami 140ta Cobalt L rusumli yengil avtomobillar xarid qilindi.

Ushbu avtomobillarga gaz uskunalari o‘rnatilgan bo‘lib, ular 2014 yil 1 noyabrdan boshlab yo‘nalishsiz taksi sifatida ish boshlagan. Ushbu loyiha doirasida 160ga yaqin yangi ish o‘rni tashkil etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » “Toshshahartransxizmat” 2015 yilda 330dan ortiq mikroavtobus sotib oladi