"Nexia R3"ga Rossiyada hech kim yeta olmadi (foto)

"Nexia R3"ga Rossiyada hech kim yeta olmadi (foto)
Bogordsk shahri yaqinida joylashgan “Nijniy Novgorod halqasi” poyga yo‘lida Rossiya "Halqa" chempionatining navbatdagi bosqichi o‘tkazildi. Unda "RAVON Racing Team" jamoasi o‘zining ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Yangi tuzulgan “RAVON Racing Team” jamoasi poygada maxsus tayyorlangan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ikkita "Ravon Nexia R3" avtomobillarida, “Akademiya ralli”, “S-logistik”, “Suvar motorsport” kabi nomdor jamoalar bilan raqobatlashdi.

Keskin va murosasiz o‘tgan poygada "Ravon Nexia R3"ni boshqargan Yefim Gantmaxer “Turing layt” klassining yetakchisi, tajribali poygachi, 5 marotaba Rossiya chempioni - Vladimir Cherevandan g‘alabani ilib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, “RAVON Racing Team” avtomobillari Samara shahrida joylashgan “TEAM80 Motorsport Engineering” injenerlari tomonidan poyga uchun mahsus tayyorlandi.
"Nexia R3"ga Rossiyada hech kim yeta olmadi (foto)
"Nexia R3"ga Rossiyada hech kim yeta olmadi (foto)
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar