16:25 / 30.05.2019
3 348

GM Uzbekistan Ozarbayjonga avtomobil eksport qiladi

GM Uzbekistan Ozarbayjonga avtomobil eksport qiladi
GM Uzbekistan kompaniyasi Ozarbayjonga avtomobil eksportini yo‘lga qo‘ydi. Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, birinchi bosqichda mamlakatga R3 va R4 modellari yetkaziladi, keyinchalik modellar qatori kengayadi.

Avvalroq kompaniya avtomobillarini Ukraina, Qirg‘iziston, Belarus, Afg‘oniston, Tojikiston, shuningdek Qozog‘istonga eksport qilgan.

2019 yil esa GM Uzbekistan faoliyatida eksport salohiyatini rivojlantirish yili deb e’lon qilingan bo‘lib, bugungi kunda kompaniya ushbu yo‘nalishda qator ishlarni amalga oshirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan Ozarbayjonga avtomobil eksport qiladi