19:00 / 07.06.2019
3 251

O‘zbekiston avtobozorida trade-in amaliyoti joriy qilinadi

O‘zbekiston avtobozorida trade-in amaliyoti joriy qilinadi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida "O‘zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirish strategiyasi" mavzusida brifing, soha mas’ullari ishtirokida intervyu va jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Kun.uz nashrining xabar berishicha, unda avtomobilsozlik tarmog‘idagi yangiliklar haqida so‘z yuritilmoqda.

Xususan, “O‘zavtosanoat” vakillarining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston avtobozorida trade-in amaliyoti joriy qilinadi. Bunda foydalanishda bo‘lgan avtomobilni yangisiga yoki nisbatan kamroq masofa bosgan mashinaga kichikroq qo‘shimcha to‘lov bilan almashtirish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, bu yangi avtomobillar savdosini kuchaytiradi. Shuningdek, aholi ixtiyoridagi avtomobillar parkini yaxshilash imkonini beradi.

Bundan oldin, “O‘zavtosanoat” avtomobillashtirish darajasini ming kishi uchun 166 avtomobilga yetkazmoqchi ekani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekiston avtobozorida trade-in amaliyoti joriy qilinadi