7 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati vakillari ishtirokida «O‘zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirish strategiyasi» mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik xabarida aytiladi.
«O‘zavtosanoat» strategik rejalashtirish direksiyasi boshlig‘i Rustam Qodirov O‘zbekiston avtobozorida trade-in amaliyoti tatbiq qilinishini ma’lum qildi.
«Mamlakatimizda avtomobillardan foydalanish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi rejalashtirilmoqda, — dedi Rustam Qodirov. — Masalan, sizning mashinangiz bor, 3—5 yoki 10 yil mingansiz, uni yangilamoqchisiz. Lekin yangi mashina sotib olish uchun pulingiz kamroq bo‘lishi mumkin. Siz eski, ya’ni hozir minib yurgan mashinangizni dilerga borib topshirasiz-da, yangi avtomobil o‘rtasidagi farqni to‘lov qilasiz, almashtirib ketaverasiz, yangilab olasiz».
Qayd etilishicha, bu yangi avtomobillar savdosini kuchaytiradi. Shuningdek, aholi ixtiyoridagi avtomobillar parkini yaxshilash imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi