18:08 / 09.06.2019
4 408

«MAN» va «UzAuto Trailer» avtomobillarini foizsiz bo‘lib to‘lash orqali sotib olish mumkin

«MAN» va «UzAuto Trailer» avtomobillarini foizsiz bo‘lib to‘lash orqali sotib olish mumkin
Avtomobil transportida yuklarni xalqaro tashishni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan avtomobilda yuklarni xalqaro tashiydigan tadbirkorlar katta yuk avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarni sotib olishda qo‘llab-quvvatlanadi.

Unga muvofiq:
- kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlari qoplanadi:
- milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha – banklar stavkasining 25 foizi, biroq 5 foizli punktdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
- xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha – banklar stavkasining 40 foizi, biroq 3 foizli punktdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
- kredit summasining 50 foizigacha, biroq 2 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kafillik beriladi.

Ishlab chiqarilganiga 4 yildan ko‘p bo‘lmagan katta yuk avtotransport vositalari, ishlab chiqarilganiga 6 yildan ko‘p bo‘lmagan tirkamalar va yarim tirkamalar banklar tomonidan ularni kreditga sotib olishda tomonlarning roziligi bilan garov sifatida qabul qilinishi mumkin.

Bitta transport hisobiga yuk tashish bo‘yicha xizmatlar eksportidan bir yilda 20 ming AQSh dollaridan ortiq tushum olgan milliy tashuvchilarga avtomobilda tashishga aniq bir davlatning 2 ta ruxsatnomasi beriladi.

Qaror bilan «JV MAN – Auto Uzbekistan» va «UzAuto Trailer» tomonidan ishlab chiqarilgan yangi mahsulotlar ikki yilgacha muddat bilan to‘lovni foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlarida sotish belgilandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «MAN» va «UzAuto Trailer» avtomobillarini foizsiz bo‘lib to‘lash orqali sotib olish mumkin