10:21 / 11.06.2019
4 227

Avtomobil vaqtida yetkazib berilmasa, puli qaytariladimi?

Avtomobil vaqtida yetkazib berilmasa, puli qaytariladimi?
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi fuqaro Ilhom Boymurodov «Oriyent Avto Lizing» korxonasi xizmatidan norozi ekani haqida murojaat qildi.

Ilhom Boymurodov avtomashina sotib olish uchun mazkur korxona bilan shartnoma tuzgan. Ammo oradan 7 oy muddat o‘tgan bo‘lsa-da, fuqaroga «Neksiya-3» avtomashinasi yetkazib berilmagan. Vaholanki, mijoz korxonaga 51 184 000 so‘mni oldindan to‘lab qo‘ygan. Avtomobilni yetkazib bermagani uchun mijoz korxona rahbarlaridan to‘langan pulni qaytarishini so‘rab murojaat qilgan. Ammo uning murojaatlari javobsiz qolgan.

Murojaat mutaxassislar tomonidan o‘rganilganida, haqiqatdan «Oriyent Avto Lizing» korxonasi tomonidan iste’molchi huquqi buzilganligi ma’lum bo‘ldi. Korxona rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning tegishli bandlari talablari tushuntirildi. Natijada fuqaroga 51 184 000 so‘m mablag‘i kaytarib berildi. «Oriyent Avto Lizing» korxonasi rahbarlariga kelgusida bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilsa, Qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi tushuntirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomobil vaqtida yetkazib berilmasa, puli qaytariladimi?