08:48 / 10.07.2019
4 022

«Aston Martin» yangi «sportkar»ini namoyish etdi. U atiga 19 dona ishlab chiqariladi (foto)

«Aston Martin» yangi «sportkar»ini namoyish etdi. U atiga 19 dona ishlab chiqariladi (foto)
Foto: Aston Martin
«Aston Martin» kompaniyasi «DBS Centenary Collection» liniyasiga kiritilishi rejalashtirilgan «DBS GT Zagato» sportkarini namoyish etdi.

«Aston Martin DBS Superleggera» seriyasida ishlab chiqarilgan mashina «Aston Martin DB4 GT Zagato» klassik kupesi uslubidagi kuzovga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, avtomobil bir qancha yangi texnik yechimlar bilan farqlanadi.

Foto: Aston Martin
Eksklyuziv kupe o‘z optikasiga ega, maxsus g‘ildiraklar va radiatorning 108 qismdan iborat harakatlanuvchi panjarasi mashina motori o‘t oldirilganida «ochiladi» va dvigatel o‘chirilganda «yopiladi».

Mashina orqa oynaga ega emas, buning o‘rniga tasvirni ekranga uzatuvchi kamera o‘rnatilgan.

«DBS GT Zagato» atiga 19 dona ishlab chiqariladi. Uni xaridorlarga yetkazib berish keyingi yilning oxiridan yo‘lga qo‘yiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «Aston Martin» yangi «sportkar»ini namoyish etdi. U atiga 19 dona ishlab chiqariladi (foto)