23:53 / 26.07.2019
4 190

Avtoekspert nima sababdan «tonirovka» jaziramadan himoya qilmasligini tushuntirdi

Avtoekspert nima sababdan «tonirovka» jaziramadan himoya qilmasligini tushuntirdi
Mustaqil avtoekspert Aleksey Sharapov tusi qoraytirilgan oyna yuqori haroratdan qutqarishi mumkin, degan fikrlarni rad etdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

O‘zbekistonda ayni kunlarda jazirama ob-havo harorati kuzatilmoqda va haydovchilarning yuqori haroratdan himoyalanishga ehtiyoji ortib borayotganligi hech kimga sir emas. Ayrimlar jaziramadan himoyalanishning chorasi mashina oynasini qoraytirish deb bilmoqda.

Mustaqil avtoekspert Aleksey Sharapov «tonirovka» quyosh nurlaridan va tirbandlikda begonalarning yeb qo‘ygudek nigohidan xalos qilishi mumkinligini aytib, jazirama issiqdan himoya qilmasligi haqida ogohlantirdi.

«Siz qora ko‘zoynak taqqaningizda quyosh ko‘zingizni qamashtirmaydi va siz atrofni yaxshi ko‘ra olasiz, mashinada esa hammasi aksincha: «tonirovka» sizga xalaqit beradi va harakatda xavf tug‘dirishi mumkin. Menimcha, «tonirovka» g‘oyat xavfli», — dedi Sharapov.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobil oynalari quyosh nurlarining bir qismini to‘sadi va jazirama issiqdan himoya qilishga mo‘ljallangan.

Ekspert mashinaga o‘tirgan vaqtda oynalarni oxirigacha yopmasdan konditsionerlardan foydalanishni va mashina havosini tez-tez yangilashni tavsiya qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtoekspert nima sababdan «tonirovka» jaziramadan himoya qilmasligini tushuntirdi