
Toyota RAV4
Focus2move portali ekspertlari dunyodagi eng ommabop yo‘ltanlamaslar reytingini tuzdi, deb xabar berdi "Avtostat"ga asoslanib Kun.uz nashri.
Birinchi yarim yillik natijalariga ko‘ra, Toyota RAV4 reyting yetakchisiga aylandi: olti oy ichida dunyo bo‘yicha 441,6 ming dona krossover sotilgan. Qayd etilishicha, bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 8,4 foizga ko‘pdir.
Undan keyingi o‘rinda Honda CR-V (381,5 ming dona) va Volkswagen Tiguan (370,7 ming dona) joylashgan.

Honda CR-V

Volkswagen Tiguan
Ulardan tashqari, Hyundai Tucson va KIA Sportage ham eng ko‘p sotilgan yo‘ltanlamaslar reytingidan joy oldi.

KIA Sportage

Hyundai Tucson
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar