Foto: Pixabay
AQShning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislari muayyan brenddagi avtomobillar egalari bemulohazalik bilan mashina haydashga moyilroq ekanliklarini aniqlashdi. Ular o‘lim bilan tugovchi avtohalokatlarning uchta eng keng tarqalgan sabablarini (tezlikni oshirish, spirtli ichimlik va giyohvand moddalar iste’mol qilish) aniqlashdi va qanday markadagi avtomobillar avtohalokatlar xronikasida kamroq qayd qilinganini o‘rganishdi.
Tadqiqot natijasiga ko‘ra, umumiy to‘qnashuvlar orasida Infiniti avtomobillari ishtirokidagi to‘qnashuvlarning har uchinchisiga tezlikning oshirilishi, har ikkinchisiga mashinani mast holatda boshqarish, 5 foiziga haydovchi tomonidan giyohvand modda iste’mol qilinishi sabab bo‘lgan.
Acura, Mercedes-Benz va Lexus brendlari avtomobillari ham avtohalokatlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Bundan mutaxassislar bemulohazalik bilan mashina haydash qimmatbaho avtomobillar egalariga ko‘proq moyilligi haqidagi xulosaga kelishgan. Taqqoslash uchun, qimmatbaho mashinalar hissasiga tezlikni oshirish sababli yuz beruvchi avtohalokatlarning 27 foizi, ommaviy segment modellariga esa 25 foizi to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, Osiyo va nemis brendlari mashinalari xavfli haydash sababli ko‘proq qayd qilinishi kuzatiladi. Misol uchun, Mitsubishi, Volkswagen va Honda avtomobillari ishtirokida yuz bergan 10 ta avariyadan taxminan 3 tasi tezlikni oshirish bilan bog‘liq. Buick, Chrysler va Lincoln brendlarida bu ko‘rsatkich ancha past.
Acura, Cadillac va Mercedes-Benz modellari mast holatda yo‘l-transport hodisasini sodir etish bo‘yicha yetakchi beshtalikka kirgan, Pontiac va Mitsubishi avtomobillari esa yengil narkotik moddalar ta’siri ostida sodir etilgan avtohalokatlar reytingining eng yuqori pog‘onalarini egallagan.
Tadqiqot uchun AQSh yo‘l harakati xavfsizligi milliy ma’muriyatining 2017 yil uchun ma’lumotlari asos qilib olingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi