O‘tgan yilning eng ko‘p daromad olib kelgan avtomobili sakkizinchi avlod yangi Porsche 911 avtomobili bo‘ldi. U kompaniya daromadining 30 foizini, umumiy sotuv hajmining esa 11 foizini tashkil qilgan. Proporsional ravishda, u boshqa avtoishlab chiqaruvchilarning har qanday markadagi mashinasidan qulayroq. Bu haqida Bloomberg xabariga asosan tayanib Sof.uz ma’lum qilmoqda.
Model Ferrari F8 Tributo, Aston MArtin DBX, Mercedes-Benz GLE va BMW X5 singari raqobatchilarni mag‘lubiyatga uchratdi.
Masalan, F8 Tributo 50 foiz rentabellikka ega, ammo Ferrarining uni sotishdan tushgan daromadning atigi 17 foizini tashkil qiladi. DBX faqat 2020 yilda 21 foiz daromad darajasiga, o‘sha yili GLE esa 24 foiz darajaga chiqishni rejalashtirmoqda.
Avtomobil kapitalini tadqiq qilish bo‘yicha tahlilchi Maykl Dinning so‘zlariga ko‘ra, ushbu modellarning barchasi nomutanosib foyda keltiradi, ammo Porsche 911 hatto ushbu ceriyadan ajralib turadi. Uning sotilishiga minimal xarajat bilan sof foyda keltiradigan ko‘plab variantlar yordam beradi, shuningdek, Xitoyda unga talab katta. Natijada, 2018 yilda Porsche 911ning global savdosi Bentley, Ferrari, Aston Martin va Lamborghiniʻning barcha sotuvlaridan oshib ketdi.
Sentyabr oyida Porsche o‘zining birinchi elektr elektr mashinasi - Taycanni taqdim etgani haqida xabar berilgandi. Kompaniya bu model Teslaga raqobatchi bo‘lishiga ishonadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi