Bloger Alan Yenileyev O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi kutilayotgan elektromobilni sinovdan o‘tkazdi. U tegishli videorolikni YouTube’dagi kanalida e’lon qilgan. Videoning nusxasini Mover’da ham tomosha qilish mumkin, deb xabar bermoqda Daryo nashri.
Rolikdagi avtomobillar Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qo‘qonga tashrifi davomida namoyish etilgan mashinalarga (orqa tomonidan) o‘xshaydi. O‘shanda Prezident elektromobillarning iqtisodiy samaradorligiga alohida e’tibor qaratgan edi.
Xitoyning Silk Road Company kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 30 million dollar bo‘lib, shundan 24 million dollari xorijiy investitsiyadir.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Qo‘qonda ishlab chiqarilishi kutilayotgan ushbu elektromobillarning taxminan narxi 3 ming dollar atrofida bo‘ladi. Birinchi yilda 2 ming dona mashina chiqarish rejalashtirilgan.
Ushbu elektromobil bir marta to‘liq quvvatlantirilgach, 150 kilometrgacha yo‘l bosa olishi aytilmoqda. Videoda bloger Yenileyev Qo‘qon elektromobillari nafaqat oldidagi belgisi, balki ichki va tashqi ko‘rinishi bilan ham Mercedes AMG’ga o‘xshashiga e’tibor qaratgan.
Ma’lumot uchun, «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasida 2023 yildan boshlab Hyundai Ioniq xetchbeki va Hyundai Kona krossoveri ishlab chiqarilishi kutilmoqda — ularning har ikkisi elektromobildir. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Hyundai Motor va Evergreen Motors bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyiha doirasida yiliga 10 mingta elektrokar yig‘ilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
Asir: Ukraina askarlari otishni internetdagi videolar yordamida o‘rganishadi
Isroillik ravvinning o‘limida O‘zbekiston fuqarolari gumonlanmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev tanqidiy ruhda yig‘ilish o‘tkazdi
Virus UFC ni dunyoga tanitdi