Nissan Leaf
O‘zbekistonda elektromobillar uchun boj undirish tartibi yana bekor qilindi. Bu davlatimiz rahbarining 10 dekabrdagi yo‘l tarmog‘ini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorida belgilab qo‘yildi, deb yozadi Norma.uz.
Ayni paytda ham elektromobillarga bojxona to‘lovi ham, aksiz solig‘i ham solinmaydi.
Biroq Prezidentimizning shu yil iyun oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2020 yil 1 yanvardan boshlab elektromobillarni olib kirish uchun 10 foizlik to‘lov ko‘rsatib o‘tilgan edi.
Oxirgi qarorda esa bu tartib bekor qilindi. Bundan buyon ham elektromobillarni yurtimizga bojxona bojlarini to‘lamasdan olib kirish mumkin. Gap TN VED 870380 kodli, faqat elektr dvigateli bilan harakatga keladigan transport vositasi haqida ketyapti.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga joriy yil boshidan buyon 20 ta avtomobil olib kelingan bo‘lsa, davlatimiz rahbariga Qo‘qon shahrida qiymati 3000 AQSh dollarilik elektromobil namoyish etilgandi. “Shaffof omadli sanoat” 2021 yildan boshlab bu boradagi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapti. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi