Bugun, 24 dekabr kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida amalga oshirilayotgan islohotlar» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikramov avtoraqamlarni oshirilgan narxda sotish amaliyoti haqida axborot berdi va bundan davlat budjetiga tushgan mablag‘ni oshkor etdi.
«Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi «Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» gi qarori kuchga kirdi. Unga ko‘ra, 2017 yil sentabrdan boshlab avtomobillar uchun davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha birja orqali sotish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Joriy yilning 1 dekabridan bugungi kungacha auksionga qo‘yilgan 91 ming 776 juft davlat raqami belgilaridan 58 ming 610 jufti sotilgan bo‘lib, davlat budjetiga qariyb 300 mlrd so‘m mablag‘ tushgan va uning 20 foizi Ichki ishlar vazirligi hisobiga yo‘naltirildi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”